Özbekiston va JST: aʼzolik sari qanday qadamlar taşlanmoqda?
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga (JST) aʼzo bölişi böyiça Işçi guruh raisi Sung-Yo Çoy va taşkilotning aʼzo böliş masalalari departamenti direktori Maika Oşikava iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
JIDU rektori Sodiq Safoyev iştirok etgan tadbirda mamlakatimizning JSTga qöşiliş jarayoni, iqtisodiy va qonunçilik islohoti, şuningdek Özbekiston – Koreya Respublikasi hamkorligini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.



Şuningdek, universitetda xalqaro savdo va savdo diplomatiyasi böyiça mutaxassislar tayyorlaş, xususan “Xalqaro savdo huquqi” taʼlim yönalişini rivojlantiriş bilan boğliq fikr-mulohazalar ham bildirildi. JIDU va JST örtasida qöşma ilmiy tadqiqot, xalqaro konferensiya hamda ekspertlar uçraşuvlari taşkil etiş istiqboliga ham eʼtibor qaratildi.
Uçraşuvdan söng talabalar JST vakillarining xalqaro savdo va Özbekistonning taşkilotga aʼzo böliş jarayoniga bağişlangan maʼruzasini tingladilar.
Musulmon Ziyo, ÖzA