Isitiş vositalarining texnik holati örganildi
Farğona viloyatida isitiş qozonlari va gorelkalarning sifati hamda xavfsizligi tekşirildi. Mutaxassislar mahsulotlarning standartlarga muvofiqligini örgandi.
Mazkur isitiş vositalarining sifatini va texnik holatini örganiş maqsadida Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasi Farğona viloyati bölimi mutaxassislari tomonidan Qöqon va Marğilon şaharlaridagi savdo obʼektlarida sotilayotgan isitiş qozonlari va gorelka mahsulotlarining sifat nazorati tadbirlari ötkazildi.


Xususan, nazorat tadbirlari davomida mahsulotlarning amaldagi standartlar va texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi, şuningdek, xavfsizlik talablariga rioya etilişi körib çiqildi.
Şuningdek, tadbirkorlarga texnik jihatdan tartibga soliş, standartlaştiriş, metrologiya hamda tadbirkorlik faoliyatida ötkaziladigan tekşiruvlarga oid qonunçilikdagi sönggi özgarişlar yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Hamroz Bayonov,
ÖzA