O‘zbekiston va Hindiston: gumanitar hamkorlik yanada kengaytiriladi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi doirasida Global mehr-shavqat uchun Satyarthi harakati bosh direktori Asmita Satyarthi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat davomida bolalar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba almashish, qo‘shma seminarlar, ekspertlar uchrashuvlari va parlament muhokamalarini tashkil etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini yanada oshirish, yosh ayol yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy liderlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
N.Abduraimova, O‘zA