Özbekiston va Bahrayn hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Manama şahrida Özbekiston Respublikasi va Bahrayn Qirolligi taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning birinçi raundi bölib ötdi. Bu haqda mamlakatimiz Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Delegatsiyalarga Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahromjon Aʼloyev hamda Bahrayn Qirolligi taşqi işlar vaziri örinbosari Abdulla bin Ahmad Al Xalifa boşçilik qildi.
Tadbirda siyosiy muloqotni mustahkamlaş va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, tomonlar xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdilar.
Muzokaralar davomida mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.
Aziza Alimova, ÖzA