Ekologik islohotlar samaradorligini oşirişda jamoatçilik nazorati
Atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik barqarorlikni taʼminlaş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bu borada davlat siyosati darajasida belgilanayotgan ustuvor yönalişlarning hayotga tatbiq etilişi nafaqat masʼul taşkilotlar, balki jamoatçilik institutlari va har bir fuqaroning faol iştirokiga ham boğliq.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda ekologik muammolarni bartaraf etiş, yaşil hududlarni kengaytiriş, daraxtlarni asrab-avaylaş va aholining ekologik madaniyatini yuksaltiriş borasida tizimli işlar olib borilmoqda. Ayniqsa, ekologik islohotlar samaradorligini oşirişda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu kabi ustuvor vazifalar ijrosi, amalga oşirilgan işlar sarhisobi va kelgusi rejalar muhokamasi Özbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat partiya taşkiloti Kengaşi ijroiya qömitasining kengaytirilgan yiğilişida markaziy örin tutdi.
Yiğilişda viloyat Kengaşi raisining örinbosari Jahongir Şaripov 2026-yilning töqqiz oyi davomida amalga oşirilgan işlar, erişilgan natijalar hamda yil yakuniga qadar bajarilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar yuzasidan axborot berdi.
Hisobot davrida partiya taşabbusi bilan ötkazilgan tadbirlar, hududlardagi ekologik muammolarni örganiş va ularning yeçimiga qaratilgan saʼy-harakatlar, aholi örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş hamda partiya faoliyati samaradorligini oşiriş borasidagi işlar tahlil qilindi.
Muhokamalarda amalga oşirilgan işlar bilan çeklanib qolmasdan, ularning amaliy natijadorligiga eʼtibor qaratiş zarurligi taʼkidlandi. Zero, ekologik taşabbusning samarasi ötkazilgan tadbirlar soni bilan emas, balki hududdagi muammoning qançalik hal etilgani, aholi munosabati va tabiatni muhofaza qiliş borasidagi özgarişlar bilan ölçanadi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşirişda mahallalar rolini kuçaytiriş va hududlarning yaşillik darajasini tubdan oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni mazmun-mohiyatini keng tarğib qiliş va unda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan jamoatçilik nazoratini taşkil etişga bağişlandi.
Mazkur masala yuzasidan Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengaşi raisining örinbosari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Oybek Rahimov sözga çiqdi. U Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini samarali taşkil etiş, bu jarayonda deputatlik va jamoatçilik nazorati mexanizmlaridan faol foydalaniş, daraxt ekiş va ularni parvarişlaşga qaratilgan tarğibot-taşviqot işlarini kuçaytiriş masalalariga töxtaldi.

Taʼkidlanganidek, kökalamzorlaştiriş işlarida asosiy eʼtibor faqat köçat ekişga emas, balki uning tutib ketişi, muntazam parvarişlanişi va uzoq yillar davomida yaşil hududning bir qismiga aylanişiga qaratilişi lozim. Bu esa masʼul taşkilotlar faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, aholi va mahallalarni jarayonga keng jalb etişni taqozo qiladi. Şuningdek, partiya faollari va deputatlar hamkorligini yanada mustahkamlaş, joylardagi ekologik muammolarni aniqlaş, ularning yeçimi böyiça tegişli taşkilotlar oldiga aniq taklif va taşabbuslar bilan çiqiş muhimligi qayd etildi.
Yiğiliş yakunida kun tartibidagi barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilinib, yil yakuniga qadar amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar belgilab olindi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri