O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentini Davlat dumasiga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisini Davlat dumasiga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabriklab, parlamentning yangi tarkibiga samarali faoliyat tiladi.
Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Hukumatlararo komissiya va Hududlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari hamda Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlarini natijador qilib o‘tkazish muhimligi qayd etildi.
Tomonlar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.