O‘zbekiston III Markaziy Osiyo ochiq chempionatini 61 medal bilan yakunladi
Toshkentdagi "Olimpiya shaharchasi"da yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan III Markaziy Osiyo ochiq chempionati yakunlandi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 22 ta oltin, 20 ta kumush va 19 ta bronza, jami 61 ta medal jamg‘arib, umumiy medallar jadvalida birinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa davomida Qozog‘iston terma jamoasi a’zolari 10 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronza, jami 24 ta medal bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi. Turkmaniston terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan uchinchi bo‘ldi.
Shuningdek, Tailand 1 ta oltin, Tojikiston 1 ta kumush va 3 ta bronza, Gruziya 1 ta kumush va 2 ta bronza, Singapur 1 ta kumush va 1 ta bronza, Qirg‘iziston 1 ta kumush va 1 ta bronza, Saudiya Arabistoni esa 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA