O‘zbekiston hozirgi global beqarorlik sharoitida ham barqaror o‘sish dinamikasini namoyish etmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.
— 2026-yil mamlakatimiz uchun alohida ahamiyatga ega. Biz tizimli islohotlarning muhim marrasiga yaqinlashmoqdamiz.
Bundan o‘n yil oldin ochiqlik, inklyuzivlik va pragmatizmga tayangan holda, Yangi O‘zbekistonni barpo etishni boshlagan edik. O‘tgan davrda uzoq muddatli o‘sish uchun mustahkam asos – qulay ishbilarmonlik muhiti, barqaror sanoat bazasi va yangi infratuzilma yaratildi.
Iqtisodiyotimiz hajmi 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga oshdi, joriy yil esa 8 foizdan yuqori o‘sishni prognoz qilmoqdamiz.
Islohotlar boshlanganidan buyon mamlakatimizga 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, minglab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Tovar va xizmatlar eksporti qariyb 3 barobar oshdi.
O‘zbekiston hatto hozirgi global beqarorlik sharoitida ham barqaror o‘sish dinamikasini namoyish etmoqda. Iqtisodiyotimiz yanada ko‘p qirrali bo‘lib bormoqda, ichki bozor kengaymoqda, zamonaviy texnologiyalar, infratuzilma va sifatli ish o‘rinlariga talab ortmoqda, – dedi Prezidentimiz.
O‘zA