O‘zbekiston — Eron uchrashuvini rossiyalik hakamlar boshqaradi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishlaydigan hakamlar brigadasi ma’lum bo‘ldi. Bahsni Rossiyadan tashrif buyuradigan hakamlar boshqaradi.
Uchrashuvning bosh hakami — FIFA referisi Kirill Levnikov. Unga qanotlarda Dmitriy Yermakov va Andrey Vereteshkin yordam beradi.
O‘zbekiston — Eron uchrashuvi 24-sentabr kuni soat 19:00 da Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs FIFA kunlari doirasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi hisoblanadi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yig‘in davomida keyinchalik Suriya va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi ham o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi rejalashtirilgan.
O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport