Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham chorak finalga yo‘l oldi
Yaponiya mezbonligida o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlarining ayollar futboli musobaqasida “G” guruhida 3-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi.
Quvonarlisi, «G» guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi so‘nggi turda Gonkong vakillarini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarni Diyoraxon Habibullayeva va Maftuna Shoyimova kiritdi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida Xitoy va Filippin terma jamoalari o‘zaro bahslashdi. Unda xitoylik futbolchilar 5:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, Xitoy terma jamoasi 7 ochko bilan birinchi, O‘zbekiston 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Har ikki jamoa musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi. Filippin terma jamoasi 4 ochko bilan uchinchi, Gonkong esa ochkosiz to‘rtinchi o‘rinda qoldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA