O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan vikipediyada maqolalar soni 360 mingdan oshdi
Ma’lumki, “WikiMarafon” Yoshlar ishlari agentligi hamda Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan o‘zbekcha vikipediyani rivojlantirishga qaratilgan loyiha bo‘lib, unda o‘zbekcha vikipediyani boyitish orqali jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tiliga doir ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsad qilingan.
O‘zbek tilini rivojlantirish va uning raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «WikiMarafon» loyihasi o‘z natijalarini bermoqda. Bugungi kunda o‘zbek tilidagi Vikipediyada maqolalar soni 360 mingdan oshdi. Vikipediya orqali tarix, fan, madaniyat, texnologiya va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda o‘zbek tilidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati kengaymoqda.
Mutaxassislarning qayd etishicha, bu o‘zbek tilining raqamli makondagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi yana bir muhim qadam hisoblanadi.
Gulnoza Boboyeva,O‘zA