“O‘zagrosug‘urta” AJda “Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zagrosug‘urta” AJda “Yoshlar kuni” munosabati kompaniya tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati, Prezidentimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bilim olishi, kasbiy malakasini oshirishi, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi va o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Ochiq muloqot davomida kompaniyada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning malakasini oshirish, rahbarlik salohiyatini rivojlantirish hamda kasbiy o‘sishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berildi. Yosh mutaxassislarning taklif va fikrlari tinglanib, ular bilan samimiy muloqot olib borildi.
Shuningdek, kompaniya faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan ajralib turgan bir guruh yosh xodimlar munosib rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir yakunida ishtirokchi yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi. Ular Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Yangi O‘zbekiston bog‘iga tashrif buyurib, ushbu maskanlarning ma’naviy ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda ularni yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qildi.