O‘z ishiga qayta tiklandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2025-yil 21-oktabr kungi ijro hujjatiga asosan javobgar Nukus ko‘chatchilikka ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligining o‘rmon ustasi bo‘lib ishlagan da’vogar A.S.ni o‘z ishiga qayta tiklash majburiyati yuklatilgan.
Shunga qaramasdan javobgar tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmaganligi sababli, da’vogar Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Bo‘lim tomonidan darhol ijro harakatiga kirishilib, javobgar tashkilot rahbariga sud qarori ijrosini ta’minlamaslik qonunda belgilangan javobgarlikka asos bo‘lishi haqida ogohlantirish berildi.
Shuning natijasida da’vogar A.S. Nukus ko‘chatchilikka ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi direktorining buyrug‘iga asosan o‘zining avvalgi ish o‘rniga qayta ishga tiklandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA