Osiyo chempionati: Para triatlonchilarimiz o‘tgan yilgi natijani yaxshiladi
Filippinning Luson orolidagi Subik ko‘rfazida para triatlon bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
6 ta mamlakatning 40 nafarga yaqin sportchilari ishtirok etgan mazkur musobaqada irodali para triatlonchilarimizdan Rustamjon Sotvoldiyev (PTS2 klassida) va Shohsanam Sobirjonova (PTS5 klassida) oltin, Kamola Ahmadxonova (PTS5 klassida) bronza, Baxtiyor Murtazoyev (PTS 5 klassida) bronza medaliga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz o‘tgan yili o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA