“Oltin qalam" XX Milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi (+video)
Poytaxtimizdagi muhtasham "O‘zbekiston" Xalqaro anjumanlar saroyida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim hamda "Oltin qalam" XX Milliy mukofoti g‘oliblarini sharaflash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Anjumanga yurtimiz media sohasi ravnaqiga hissa qo‘shib kelayotgan tajribali ustoz jurnalistlar va soha xodimlari taklif etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bayram qutlovini Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi. Davlatimiz rahbari o‘z tabrigida ijodkorlarni yaqin maslakdoshi deb bilishini, islohotlarni aholiga yetkazish va muammolarni dadil ko‘tarib, ularga yechim topishda OAV va blogerlarning xizmati beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Prezident farmoniga binoan yuksak unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan bir guruh jurnalistlarga mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva tantanali ravishda topshirdi.
Tanlov tashkiliy qo‘mitasi va Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov kelib tushgan ijodiy ishlar ko‘lami haqida ma’lumot berdi. So‘zga chiqqan mahalliy va xorijiy OAV vakillari sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor uchun minnatdorlik izhor etdilar.
<iframe width="873" height="491" src="https://www.youtube.com/embed/Ac9bxtw9Bc8" title="“Oltin qalam” XX Milliy mukofoti marosimi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov (video), O‘zA