Oltiariqda «Bir kontur – bir mahsulot» tamoyili samara bermoqda
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi Zilol mahallasida «Bir kontur – bir mahsulot» tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar aholi bandligini ta’minlash, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda eksportbop mahsulot yetishtirishda samara bermoqda.
Bugungi kunda mahallada 350 ta zamonaviy ixcham issiqxona faoliyat yuritmoqda. Davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va aholining tashabbuskorligi tufayli issiqxonachilik mahallaning asosiy daromad manbaiga aylandi.
Toshloq hududda tashkil etilgan «Zilol mirishkor dehqonlari» korporatsiyasi tomonidan 10,7 gektar maydonda 61 nafar yosh uchun zamonaviy issiqxonalar barpo etildi. Bu yerda pomidor, bodring va ko‘chatlar yetishtirilmoqda.
[gallery-30377]
Issiqxonalarda energiya tejamkor texnologiyalar joriy etilgan. Jumladan, termos usulida isitish, tomchilatib sug‘orish tizimi, quyosh panellari hamda maxsus tik quduqlardan samarali foydalanilmoqda. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini bermoqda.
Yetishtirilayotgan mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda Rossiya va qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Bu mahalla aholisi daromadini oshirish va eksport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Hududda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida qo‘shimcha 20 nafar yosh uchun yangi zamonaviy issiqxonalar tashkil etish rejalashtirilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1V0pAmWZlTE" title="Oltiariqda «Bir kontur – bir mahsulot» tamoyili samara bermoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV (surat va video), O‘zA