Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2026/2027 o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
1-bosqich talabalari uchun – 7-sentabrdan;
2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun – 14-sentabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA