Halollik va adolat — taraqqiyotning mustahkam poydevori
“Adolat” SDP Navoiy viloyat Kengaşi tomonidan viloyat Içki işlar boşqarmasi va Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti hamkorligida “Halollik marafoni: 3 soha – 1 tamoyil” aksiyasi doirasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, oçiqlik va şaffoflik masalalariga bağişlangan tarğibot tadbiri ötkazildi.
Joriy yilning 9-20-noyabr kunlari Özbekiston “Adolat” SDP taşabbusi bilan qator vazirlik va idoralar, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamda Özbekiston mahallalari uyuşmasi hamkorligida mamlakatimiz böylab “Halollik marafoni: 3 soha – 1 tamoyil” aksiyasi ötkazilmoqda.
Mazkur taşabbus doirasida universitetda ötkazilgan uçraşuvda professor-öqituvçilar, talabalar, deputatlar va partiya faollari iştirok etdi.

Muloqotda yoşlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, qonun ustuvorligi, halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlaş, huquqiy bilim hamda fuqarolik masʼuliyatini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda “Adolat” SDP Navoiy viloyati Kengaşi raisi Mansurjon Xamidov, viloyat IIB Korrupsiyaviy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi tezkor vakili, podpolkovnik Umidjon Narzullayev hamda universitet Komplayens nazorat tizimini boşqariş bölimi boşliği Bahriddin Umarov korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari yuzasidan tuşunçalar berib, korrupsiyaning salbiy taʼsiri, uning oldini oliş mexanizmlari, manfaatlar töqnaşuvi va jamoatçilik nazoratining ahamiyati haqida söz yuritdilar. Şuningdek, korrupsiyaga qarşi kuraşiş har bir fuqaroning, ayniqsa, yoşlarning şaxsiy masʼuliyati ekani, halol mehnat va vijdonan faoliyat yuritiş adolatli jamiyatning muhim şarti ekani taʼkidlandi.

Tadbir yakunida universitet talabalari örtasida “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş” mavzusida ötkazilgan tanlov ğoliblari va faol iştirokçilari taqdirlandi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri