Nyu-York meri Zohran Mamdani FIFA bilan muzokaralar natijasida noyob imtiyozga erishdi
1000 ta chipta qo‘shni Nyu-Jersidagi «Metlayf Stedium»da bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarga, jumladan, guruh bosqichining 5 ta uchrashuviga, 1/16 va 1/8 final bosqichlariga mo‘ljallangan.
Zohran Mamdaniga bo‘lajak Jahon chempionati o‘yinlari uchun $50 lik 1000 ta chipta ajratildi. Ular mahalliy aholi o‘rtasida qur’a tashlash (lotereya) tizimi orqali taqsimlanadi.
1000 ta chipta qo‘shni Nyu-Jersidagi «Metlayf Stedium»da bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarga, jumladan, guruh bosqichining 5 ta uchrashuviga, 1/16 va 1/8 final bosqichlariga mo‘ljallangan. Biroq ularning ichiga 19-iyul kungi final uchrashuvi kirmaydi.
$50 lik chiptalar Jahon chempionatining birlamchi chipta bozorida muxlislar uchun eng hamyonbop (arzon) variant hisoblanadi. Shuningdek, ushbu chipta egalari uchun stadionga borish va qaytish uchun bepul avtobus qatnovi (transfer) ham tashkil etiladi.