Jahon chempionatida vaqtida uglerod dioksidi rekord darajada ortishi mumkin
Lozanna universiteti hisob kitoblariga ko‘ra, CO2 chiqindilari 9 tonnagacha yetishi ehtimoli bor.
Mundial mobaynida tabiat juda katta zarar ko‘rish ehtimoli bor.
Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, joriy yilda AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tadigan jahon chempionati tarixdagi eng katta uglerod chiqindilarini qoldiradi. Bu holat jamoalar sonining 32tadan 48tagacha ko‘paygani ortidan yuzaga kelishi ham mumkin. Sababi jamoalar har bir o‘yin uchun uzoq masofalarga uchishiga to‘g‘ri keladi. Misol uchun, Mayamidan Vankuvergacha bo‘lgan masofa 4500 kilometrni tashkil etadi. Futbolchilardan tashqari, rasmiylar, jurnalistlar va muxlislar ham parvozlarni amalga oshiradi. FIFA ularning sonini 5 milliondan ortishini taxmin qilmoqda.
Lozanna universiteti hisob kitoblariga ko‘ra, CO2 chiqindilari 9 tonnagacha yetishi mumkin.
Taqqoslash uchun, 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida bu ko‘rsatkich taxminan 1,75 million tonnani, 2022-yilda Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida esa 3,17 million tonnani tashkil etgan edi.