Noqonuniy "Umra" xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi
Samarqand viloyatining Payariq tumanida faoliyat yurituvchi aviakassa rahbari garchi "Umra" ziyoratiga yuborish huquqiga ega bo‘lmasada, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Saudiya Arabistoniga muborak safarga jo‘natish evaziga 1150 AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Guliston tumanida yashovchi, 1988 y.t. shaxs 3 nafar fuqaroni go‘yoki "Umra" ziyoratini tashkil etish vakolatiga ega bo‘lgan Toshkent shahridagi turistik firma orqali Saudiya Arabistoniga ezgu amallarni ado etish uchun yuborish evaziga jami 3150 AQSH dollari talab qilgan.
Lekin, mazkur shaxs so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan oldindan 3,5 mln so‘m olgan vaqtida DXX, IJQKD va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA