Nig‘matilla Yo‘ldoshev Xalqaro harbiy sport kengashi tomonidan taqdirlandi
Toshkent shahrida joylashgan “Olimpiya shaharchasi”ning Yakkakurashlar sport majmuasida kurash bo‘yicha harbiy sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan "I Jahon harbiy chellenji" musobaqalari jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori – mamlakat kurash federatsiyasi raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Xalqaro harbiy sport kengashi (CISM)ning faxriy ordeni bilan mukofotlandi.
Mukofotni Bosh prokuror o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Qahramon Isroilov qabul qilib oldi.
Tadbirda shuningdek, Xalqaro harbiy sport kengashi bosh kotibi Roberto Rekkiya va CISM ijroiya qo‘mitasi vakili Reza Bagheri O‘zbekiston Mudofaa vazirligining faxriy ordeni bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA