Futbolchilarimiz Osiyo o‘yinlari guruh bosqichida yuz foizlik natija qayd etdi
Yaponiya mezbonligida o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi futbol bahslarida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi «S» guruhining 3-turida Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Nagoya shahridagi «Minato Soccer Field» stadionida o‘tgan uchrashuvda futbolchilarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Muhammadali O‘rinboyeva va Nurlan Ibraimov. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Kuvayt va Filippin terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Bahs 1:2 hisobida filippinliklar foydasiga hal boldi.
Shu tariqa, uchinchi turdan so‘ng O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 9 ochko bilan «S» guruhida yaqqol peshqadamga aylanib, chorak finalga yo‘l oldi. Vetnam 4 ochko bilan ikkinchi o‘rin sohibi sifatida 1/4 final bosqichiga chiqqan bo‘lsa, Filippin terma jamoasi esa 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. Kuvayt esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rindan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA