Niderlandiya yirik hisobda g‘alaba qozonib, pley-off yo‘llanmasini naqt qildi
Uchrashyv yakunlandi.
Jahon chempionatining 2-tur bahslari davom etmoqda.
Dastlabki turni Tunisni yirik hisobda mag‘lub etgan Shvetsiya terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi maydonga tushdi. Bahs kutilganidek "lolalar yurti" vakillarining ustunligida o‘tdi. Dastlab 5-daqiqadayoq Brayan Brobbi gol urib hisobni ochdi. 17-daqiqaga kelib, Brobbi dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi. Ikkinchi taymning 2-daqiqasida Kodi Gakpo hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 7 daqiqadan so‘ng Gakponing o‘zi dublga erishib, hisobni 4:0ga yetkazdi. 59-daqiqada Entoni Elanga hisobni bittaga qisqartirgan edi, biroq 89-daqiqada Sammervil uchrashuvga nuqta qo‘ydi. Yakuniy hisob 5:1 Niderlandiya terma jamoasi g‘alaba qozonib, pley-offga yo‘l oldi.