Karlo Anchelotti Rafinyaning holatiga to'xtalib o'tdi
U yerda ham u juda yaxshi o‘ynaydi, chunki mening fikrimcha, u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa yarim himoyachisi Rafinyani qo‘llab-quvvatladi va uning 2026 yilgi jahon chempionatidagi o‘yinlariga nisbatan “xotirjamlik, sabr-toqat va muvozanat” saqlashga chaqirdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Rafinya hujum chizig‘ining istalgan pozitsiyasida samarali harakat qila oladi va uning faoliyati buni yaqqol tasdiqlaydi.
“Rafinya hujumdagi har qanday pozitsiyada o‘ynay oladi, chunki uning faoliyati bunga dalildir. “Lids Yunayted”da Marselo Belsa qo‘l ostida u o‘ng qanotda harakat qilgan. “Barselona”da ham dastlab o‘ng qanotda o‘ynagan, keyinchalik esa chap qanotga o‘tgan. Bu yerda ham u juda yaxshi o‘ynaydi, chunki mening fikrimcha, u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri”, — dedi Anchelotti.
Braziliya guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvda braziliyaliklar 25-iyun kuni Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi.