Niderlandiya terma jamoasida yarim asrlik tarix takrorlandi
Ispaniyalik mutaxassis Xavi futbol bo‘yicha Niderlandiya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. U mazkur lavozimda jahon chempionati 1/16 final bosqichidagi muvaffaqiyatsizlik sabab iste’foga chiqqani aytilgan Ronald Kuman o‘rnini egalladi. U mamlakat futbol federatsiyasi bilan to‘rt yillik shartnomaga imzo chekdi.
Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar bergan.
Darvoqe, 1977-1978-yillari Lolalar mamlakati jamoasini avstriyalik Ernst Xappel boshqargan. Xavining yangi lavozimdagi debyuti 24-sentabr kuni Millatlar ligasi doirasida Germaniyaga qarshi kechadigan bahsga to‘g‘ri keladi. Raqib jamoa zaxira o‘rindig‘ida esa Yurgen Klopp debyuti kutilyapti.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA