Narkovaziyatni tahlil qilish va prognozlashtirishga raqamli texnologiyalar joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligida Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Bojxona qo‘mitasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda respublikadagi narkovaziyatni tahlil qilish va prognozlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish, bu jarayonga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida “Narkovaziyat tahlili” dasturini ishlab chiqish va unga zarur axborot tizimlarini integratsiya qilish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida qisqa muddatda birgalikda dasturning konsepsiyasi va texnik topshirig‘ini ishlab chiqishga kelishib olindi.
N.Abduraimova,
O‘zA