Namanganda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi hamda qator tashkilotlar hamkorligida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarining Namangan garnizonida joylashgan harbiy qismda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada viloyatdagi umumta’lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan “Vatan tayanchi” otryadlari ishtirok etdi. Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari, o‘quvchi-yoshlar, “Vatanparvar” tashkiloti hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar harbiy estafeta, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, merganlik mahorati, saf qo‘shiqlari hamda “Temur tuzuklari bilimdoni” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin Chust tumani jamoasiga, ikkinchi o‘rin Yangi Namangan tumani jamoasiga, uchinchi o‘rin esa To‘raqo‘rg‘on tumani jamoasiga nasib etdi.
[gallery-28830]
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, ularning intilishi va faol ishtiroki e’tirof etildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA