Namanganda istiqlol shukuhi
FOTOREPORTAJ
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.
Namangan viloyatida ham ushbu ulug‘ sanaga bag‘ishlangan asosiy bayram tadbiri “Yangi O‘zbekiston” bog‘ining muhtasham amfiteatrida bo‘lib o‘tdi.
Tantanada viloyat faollari, jamoatchilik vakillari, mehnat ilg‘orlari, nuroniylar, yoshlar hamda turli soha vakillari ishtirok etdi.
[gallery-31182]
Bayram tadbirida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Tabrik so‘zida mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash borasida erishilayotgan natijalarga to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi.
Tantananing badiiy qismida viloyat san’at ustalari va estradaning taniqli xonandalari ijrosida Vatan, istiqlol va yurtga muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Harbiy xizmatchilarning namunali chiqishlari, yoshlar va bolalar ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Bayram tadbiri Namangan osmonini yoritgan mushakbozlik bilan yakunlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA