Namangan nufuzli xalqaro turnirga mezbonlik qilmoqda
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi “Oʻzbek botirlari III – xalqaro Gran Prix” xalqaro turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi .
Uchinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki xalqaro do‘stlik va hamkorlik maydoni sifatida ham alohida ahamiyat kasb etmoqd a. Turnirda hamyurtlarimiz bilan bir qatorda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Buyuk Britaniya, Xitoy Taypeyi, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Belarus hamda Turkiyadan kelgan 400 nafarga yaqin polvon ishtirok etmoq da.
Bu esa musobaqa nufuzi yil sayin ortib borayotgani va uning xalqaro sport hamjamiyatida munosib o‘rin egallayotganidan dalolat ber adi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov mehmonlar va yosh sportchilarni qutlab, musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyat ti ladi. Marosimda sportning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
[gallery-29701]
Shuningdek, Namanganda boks, og‘ir atletika, o‘q otish va kurash kabi sport turlarida xalqaro natijalarga erishilayotgani qayd e tildi. Tadbirda so‘z olganlar bunday xalqaro turnirlar sportchilar mahoratini oshirish va yangi iste’dodlarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’k idladi. “Oʻzbek botirlari III – xalqaro Gran Prix” turniri Namanganda sport an’analarini yanada mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yoshlarni sportga keng jalb etish yo‘lidagi muhim tadbir sifatida e’tirof et ilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA