Muhim vazifalar belgilandi
Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, “Andijon viloyatining shahar va tumanlarida qo‘shimcha zaxira hamda imkoniyatlarni safarbar etish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash”, “Andijon viloyati mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yarim yillik ijrosi to‘g‘risida”, “Andijon viloyati idora va tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash faoliyatini tahlil qilish natijalari haqida”, “Viloyatda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlar (tariflar)ni tasdiqlash to‘g‘risida”, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish haqida”gi kabi 15 ta masala ko‘rib chiqildi.
[gallery-31117]
Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha tahlil etilib, muhim vazifalar belgilab olindi, ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiyada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Faxriddin Ubaydullayev,
Zuhriddin Umrzoqov (foto),
O‘zA muxbirlari