Muhandislik oyligi – 2026 (+video)
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Muhandislik oyligi – 2026”ning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilib, mamlakatimizda muhandislik sohasini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalarga keng jalb etish hamda innovatsion fikrlashni rag‘batlantirishga qaratilgan yirik loyiha hisoblanadi.
Ochilish marosimida vazirlik rahbariyati, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, xorijiy mehmonlar, soha ekspertlari hamda iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Tadbir doirasida muhandislik ishlanmalari ko‘rgazmasi, “Oliygoh kubogi” tanlovining final bosqichi, g‘oliblarni taqdirlash marosimi, shuningdek dron poygalari va robototexnika musobaqalari tashkil etildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4_Zp3bImqxc" title="Muhandislik oyligi – 2026" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov (video), O‘zA