Mourinyo «Real» futbolchilariga yangi tartib joriy qildi
Portugaliyalik murabbiy yangi mavsum oldidan jamoada o‘rnatilgan tartib va o‘z talablarini tushuntirdi.
Joze Mourinyo «Real»dagi ikkinchi davrini futbolchilarning mashg‘ulotlarga munosabatini o‘zgartirishdan boshladi. Portugaliyalik murabbiy yangi mavsum oldidan jamoada o‘rnatilgan tartib va o‘z talablarini tushuntirdi.
Mutaxassisning aytishicha, futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarni mas’uliyat bilan bajarmoqda. Mourinyo ulardan mashg‘ulot bazasiga odatdagidan ancha erta kelishni talab qilgan.
«Futbolchilarning munosabatidan mamnunman. Ularga faqat bir narsani — har bir ishga aql va mantiq bilan yondashishni talab qilishimni aytdim.
Ular mashg‘ulotga besh daqiqa emas, bir soat oldin kelishi kerak. Shu vaqt ichida diyetolog nazorati ostida ovqatlanish va jarohatlar xavfini kamaytirish uchun trenajyor zalida ishlash lozim. Bugungi futbol bunday professional yondashuvni talab qiladi», — deya Mourinyoning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.
Portugaliyalik mutaxassis iyun oyida Madrid klubiga qaytib, 2029 yil yozigacha amal qiladigan shartnoma imzolagan. U bungacha 2010–2013-yillarda ham «Real»ni boshqargan.
Mourinyo jamoasi yangi mavsumdagi dastlabki rasmiy uchrashuvini 22-avgust kuni o‘tkazadi. «Real» La Liga 1-turida safarda «Espanyol»ga qarshi maydonga tushadi.