“Monterrey Open”: Mariya Timofeyeva navbatdagi bosqichda
Monterreydagi nufuzli WTA 500 turnirida Mariya Timofeyevaning muvaffaqiyatli yurishi davom etmoqda. Navbatdagi g‘alabadan so‘ng uning oldida yanada jiddiyroq sinov turibdi.
Meksikaning Monterrey shahrida tennis bo‘yicha WTA 500 turkumiga kiruvchi “Monterrey Open” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda hamyurtimiz Mariya Timofeyeva yakkalik bahslarda asosiy to‘rning ikkinchi davrasiga yo‘l oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Mariya mukofot jamg‘armasi 1 million 206 ming 446 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning ilk bosqichida xitoylik Chjan Shuay bilan raqobatlashdi. Ushbu bahsda tennischimiz 6:1, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, “Monterrey Open” musobaqasining ikkinchi davrasiga chiqqan Mariya Timofeyeva endi amerikalik Ann Li bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA