Misr Turkiya - Saudiya - Pokiston mudofaa paktiga qo‘shilishga shoshilmayapti
“Middle East Eye“ nashri yozishicha, Anqara Qohirani yangi mintaqaviy xavfsizlik tizimiga kiritish uchun ikki yildan buyon urinmoqda. Bunday sa’y-harakatga qaramay, Misr hali Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasidagi mudofaa shartnomasiga qo‘shilmagan.
– Shartnomada NATO 5-moddasiga o‘xshash jamoaviy mudofaa bandi mavjud, garchi tomonlarning aniq harbiy majburiyati hamon noma’lum bo‘lsa-da, – deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Turkiya dastlab Misr ishtirokidan umidvor edi, biroq Qohira masofa saqlash yo‘lini tanlagan. Bunga Isroil bilan diplomatik va xavfsizlik shartnomasiga asoslangan munosabatni muvozanatlash zarurati sabab ekani taxmin qilinadi. Qolaversa, Qohira Turkiya – Saudiya – Pokiston ittifoqi, shuningdek Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari bilan yaqin aloqada bo‘lgan davlatlar orasida paydo bo‘layotgan qarama-qarshilikda tomonlarni jalb qilishdan qochishga harakat qilmoqda.
Shunga qaramay, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Misr keyingi bosqichda tashabbusga qo‘shilishi kutilayotgani, ayni jarayonda faqat “bir necha texnik muammo” qolganini ta’kidlagan.
S.Rahimov, O‘zA