Mishustinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
V Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashish uchun kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustinning mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan muhim tadbirlar – uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etgan RF hukumati rahbari poytaxtimizda davom etayotgan nufuzli anjuman yalpi majlisida nutq so‘zladi.
Rasmiy tashrif doirasida yuksak martabali mehmonni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qildi.

Mixail Mishustinni “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
G‘.Xonnazarov,
N.Haydarov (surat), O‘zA