Mirobod tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Mirobod tumanida tadbirkorlik sub’ektlari bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Biznes-ombudsman devoni Toshkent shahar sho‘’basi mudiri F.Ahmedov, Mirobod tumani hokimi A.Sayfutdinov, hududiy ishchi guruh a’zolari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

50 dan ortiq tadbirkor qatnashgan uchrashuv davomida 30 ga yaqin murojaat va takliflar tinglandi. Ularning 10 ga yaqini joyning o‘zida ijobiy hal etildi, qolgan masalalar bo‘yicha esa tegishli ijrochi tashkilotlar biriktirilib, aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita joylarda o‘rganish, ularni tezkor hal etish hamda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tadigan ochiq muloqoti uchun dolzarb masalalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zA