Messi mundial starti oldidan jamoadoshlariga motivatsiya berdi
Argentina — Jazoir uchrashuvi 17-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.
Amaldagi jahon chempioni — Argentina milliy terma jamoasi JCh-2026 turniridagi yurishini boshlashga hozirlik ko‘rmoqda. "Albiseleste" guruh bosqichining ilk turida Jazoir terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi musobaqa starti oldidan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga mashg‘ulot jarayonida olingan jamoaviy suratni joylashtirdi.
"Birgalikda", — deya qisqa izoh qoldirgan Messi surat yoniga Argentina bayrog‘i emojisini ham qo‘shib qo‘ygan.
Argentina terma jamoasi JCh-2026 musobaqasiga amaldagi chempion sifatida tashrif buyurgan. "Albiseleste" 2022-yili Qatarda o‘tgan mundial finalida Fransiya bilan kechgan dramatik bahsda (asosiy va qo‘shimcha vaqtlarda 3:3) penaltilar seriyasiga ko‘ra g‘alaba qozonib, kubokni qo‘lga kiritgan edi.
Argentina — Jazoir uchrashuvi 17-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.