Kilian Mbappe dubli va Bredli Barkalyaning goli Fransiyaga 3 ochkoni taqdim etdi
Senegalning hursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi 90+6-daqiqada Mbappe dublni rasmiylashtirib o‘yinga yakun qo‘ydi.
Jahon chempionatining 1-tur bahslari davom etmoqda.
Mundialning asosiy favoritlaridan sanalgan Fransiya terma jamoasi Senegalga qarshi maydonga tushdi. Dastlabki bo‘lim biroz zerikarli o‘tgan bo‘lsa-da, ikkinchi taymda vaziyat o‘zgardi. Dastlab 66-daqiqada Kilian Mbappe jamoadoshining ideal uzatmasini golga aylantirib, hisobni ochdi. Oradan 15 daqiqa o‘tib, Bredli Barkolya oradagi farqni ikkitaga yetkazdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan 4-daqiqada Mbaye hisobni bittaga qisqartirdi. Ammo Senegalning hursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi 90+6-daqiqada Mbappe dublni rasmiylashtirib o‘yinga yakun qo‘ydi.