Mbappe Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanganiga munosabat bildirdi
JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Senegalga qarshi kechgan uchrashuvda (3:1) fransiyaliklar g‘alaba qozonishdi, Mbappe esa ushbu bahsda dubl qayd etdi.
Fransiya Milliy terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa safida o‘rnatgan yangi mutlaq rekordi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Senegalga qarshi kechgan uchrashuvda (3:1) fransiyaliklar g‘alaba qozonishdi, Mbappe esa ushbu bahsda dubl qayd etdi.
Ushbu gollar Kilian uchun terma jamoa safidagi 99-uchrashuvda kiritilgan 57 va 58-gollar bo‘ldi. Shu tariqa u Fransiya terma jamoasining sobiq rekordchisi Olivye Jiruni ortda qoldirishga erishdi. Jiru o‘z vaqtida terma jamoa libosida 137 ta o‘yinda maydonga tushib, 57 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
"Men ushbu natijadan juda xursandman, biroq bunday narsalar haqida keyinchalik, faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng batafsil o‘ylab ko‘rishga vaqtim bo‘ladi. Hozir esa men shu yerdaman, bu yerda aynan nima ish qilayotganimni va nima maqsadda kelganimni juda yaxshi bilaman", — dedi Mbappe.
Kilian Mbappe Fransiya Milliy terma jamoasi tarkibida JCh-2018 g‘olibi hisoblanadi.