Lionel Messi JCh tarixida yangi mutlaq rekord qayd etdi
Tajribali hujumchi endilikda mundiallar doirasida eng ko‘p har xil terma jamoalar darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionatlari tarixida navbatdagi rekord muallifiga aylandi. Tajribali hujumchi endilikda mundiallar doirasida eng ko‘p har xil terma jamoalar darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Messi o‘zi ishtirok etgan oltita jahon chempionati davomida hozirga qadar 11 ta turli milliy terma jamoalar darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u faoliyati davomida 10 ta har xil terma jamoaga gol urgan Krishtianu Ronaldu, Yurgen Klinsmann va Miroslav Kloze kabi afsonaviy futbolchilarni ortda qoldirishga erishdi.
Messi ushbu goli orqali Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Klozening jahon chempionatlaridagi gollari soni bo‘yicha ko‘rsatkichiga ham yetib oldi. Argentinalik yulduzning mundiallardagi gollari soni 16 taga yetdi va bu jahon birinchiliklari tarixidagi eng yaxshi natijaning takrorlanishi hisoblanadi.