Mariya Timofeyeva «Livesport Prague Open» turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi
Chexiyaning Praga shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi «Livesport Prague Open» xalqaro turniri start oldi.
Mazkur musobaqada O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Mariya Timofeyeva ham ishtirok etmoqda. Hamyurtimiz turnirning birinchi davrasida neytral maqom ostida qatnashgan Aleksandra Sasnovichga qarshi bahs olib bordi.
1 soat 45 daqiqa davom etgan uchrashuvda Mariya Timofeyeva ustun o‘yin namoyish etib, raqibasini 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi va musobaqaning ikkinchi bosqichiga yo‘llanma oldi.
Uchrashuv arafasida WTA reytingida Mariya Timofeyeva 84-o‘rinni, Aleksandra Sasnovich esa 133-pog‘onani egallab turgandi.
Endi o‘zbekistonlik tennischi chorak final yo‘llanmasi uchun neytral maqomdagi Anna Blinkova hamda Chexiya vakili Sara Belek o‘rtasidagi bahs g‘olibasiga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA