Mamlakatimiz yetakchisi “Traxys” kompaniyasi rahbariyatini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Traxys” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Mark Kristoffni qabul qildi.
Suhbat davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘tgan bir yil davomida “Traxys” kompaniyasi bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani, jumladan, bitimlar imzolanib, Toshkent shahrida kompaniyaning Markaziy Osiyodagi ilk mintaqaviy ofisi ochilgani ta’kidlandi.
Amerika texnologiyalari asosida muhim minerallar, xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

“Traxys” kompaniyasi muhim xomashyo va minerallarni yetkazib berish bo‘yicha jahonning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritib, metallar va minerallarni xarid qilish, logistikasini tashkil etish, moliyalashtirish hamda sotish bilan shug‘ullanadi.