Mahalliy aholi bandligini ta’minlayotgan zamonaviy korxona
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi Furqat mahallasida joylashgan “Maks Fashion” tikuvchilik korxonasida mahalliy aholi vakillari mehnat qilmoqda. Ayni paytda korxonada 60 nafar kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.
Korxonada erkaklar va bolalar uchun turli mavsumiy kiyim-kechaklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy tikuv uskunalari bilan jihozlangan ishlab chiqarish sexlarida mahsulotlarni tayyorlashning barcha jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan.
[gallery-30825]
Hozirda korxonada oyiga 50 ming donagacha tayyor mahsulot ishlab chiqarilib, asosan ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Bu yerda mehnat qilayotgan ishchilarning aksariyatini mahalliy aholi tashkil etishi mahallada bandlikni ta’minlash va oilaviy daromadlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Korxonada ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilangan.
Tadbirkor Alisher Boboxonovning ta’kidlashicha, kelgusida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali korxona faoliyatini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA