Kuba yana zulmatda qoldi
Kuba energetika rasmiylari xabariga ko‘ra, eng yirik “Antonio Giteras” issiqlik elektr stansiyasi ishdan chiqishi va boshqa favqulodda holatlar natijasida mamlakat yana qiyin ahvolga tushgan.
-Gavanada elektr toki 24 soat davomida uzilib qoldi, qariyb 358 MVt quvvat yo‘qotildi, - deya xabar tarqatgan davlatga qarashli “Unión Eléctrica” elektr kompaniyasi ijtimoiy tarmoq sahifasida.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, hozir Kubada jami ishlab chiqarish quvvati 1 333 MVt, talab esa 3000 MVt atrofida. Demak, 1600 MVtdan ziyod taqchillik mavjud. Shu bois milliy elektr tarmog‘ining turli jabhalarida keng ko‘lamli uzilish kuzatilyapti.
Jumladan, “Antonio Giteras” IESda ham jiddiy nosozlik aniqlangan. Hozir faoliyati to‘xtagan majmuada uskunalar ta’mirlanyapti. Bundan tashqari turbina boshqaruvi tizimi yaroqsizligi tufayli ishlamayotgan “Ernesto Gevara de la Serna” IES 1-majmuasi ham ishdan chiqishi ortidan tarmoqqa qo‘shimcha bosim yuzaga keldi.
S.Rahimov, O‘zA