Qirg‘iziston Raqamli rivojlanish vazirligi tugatildi
Qirg‘izistonda Raqamli rivojlanish va innovatsion texnologiyalar vazirligi tugatildi. Bu idora zimmasidagi vazifa, xodimlar, resurs va quyi tuzilmalar Prezident mulkini boshqarish departamentiga o‘tkaziladi.
Bu haqda Prezident Sadir Japarovning tegishli farmoni e’lon qilindi.
Endi raqamlashtirish, raqamli boshqaruv, kiber xavfsizlik, sun’iy intellekt, kommunikatsiya sohalarida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul yirik departament tarkibida alohida bo‘linmalar tashkil etiladi.
– Qarordan ko‘zlangan maqsad raqamlashtirishni tezlashtirish, elektron hukumatni takomillashtirish, axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirish va butun mamlakat bo‘ylab IT parklar yaratishdir, – deyilgan xabarda.
S.Rahimov, O‘zA