Konstitutsiyaviy sud qaror qabul qildi
2026-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi majlisi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 12-iyun kuni Konstitutsiyaviy sud majlisi o‘z ishini davom ettirdi.
Unda “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshisini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 65 va 141-moddalariga muvofiqligini aniqlash haqidagi masala ko‘rib chiqildi.
Sud majlisida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Bosh prokuratura, Adliya vazirligi vakillari, Konstitutsiyaviy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi masalani har tomonlama ko‘rib chiqib, tegishli qonun hujjatlari va ishga doir barcha materiallarni tahlil qilib, muhokama qilinayotgan masala yuzasidan tomonlar, mutaxassislar va ekspertlarning fikr-mulohazalarini o‘rganib, berilgan yozma takliflarni ko‘rib chiqdi.
Konstitutsiyaviy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari fikrlarini tingladi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshisini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 65 va 141-moddalariga muvofiqligi haqida qaror qabul qildi.
Konstitutsiyaviy sudning qarori “Xalq so‘zi” gazetasi, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi va Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
N.Abduraimova,
O‘zA