Kibersportchilar hududiy bosqichda bahslashdi
FOTOREPORTAJ
Xorazmda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Yoshlar kubogi” kibersport musobaqasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa davomida yoshlar o‘z intellektual salohiyati, strategik fikrlashi, jamoaviy hamkorligi hamda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etdi.
[gallery-30156]
CS:GO yo‘nalishi bo‘yicha Urganch shahri jamoasi birinchi, Xonqa tumani yoshlari ikkinchi, Tuproqqal’a tumani kibersportchilari uchinchi o‘rinni egalladi.
DOTA 2 yo‘nalishi bo‘yicha Urganch shahri jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA