Kiberjinoyatlar, kriptovalyutalar bilan bog‘liq jinoyatlar qanday tergov qilinadi?
Vengriyaning Budapesht shahrida “Cyber Dark Web and Virtual Currency Investigations” – «Kiberjinoyatlar, Darknet va kriptovalyutalar bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish» mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
O‘quv dasturi doirasida Darknet tarmog‘ining ishlash tamoyillari va asosiy texnologiyalari, kibermakonda anonim hamda xavfsiz tergov harakatlarini olib borish, raqamli dalillarni aniqlash, rasmiylashtirish va saqlashning zamonaviy usullari o‘rganildi.
Kriptovalyutalar va virtual aktivlar bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish, kriptovalyuta tranzaksiyalarini kuzatish hamda ularning harakatini tahlil qilish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv kursi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, Darknet muhitida tergov harakatlarini amalga oshirish va kriptovalyutalar bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
N.Abduraimova,
O‘zA