Kiberjinoyat “ishtirokchi”si yoki “qurbon”i bo‘lmang
Urganch davlat pedagogika institutida talabalar bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Sobirov, Ichki ishlar vazirligi akademiyasining “Kiberhuquq” kafedrasi dotsenti A.Ne’matov va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘rtasida axborot xavfsizligini ta’minlash, internet tarmog‘idan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalarga kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan turli kiberxavf va tahdidlar, internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari, soxta havolalar va xabarlar orqali shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri